limfa tugunlarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha yiringli ajralma bilan birga davom etib boradi. Odatda u qo‘ltiq osti chuqurchasi yoki chovda bo‘ladi. Kasallik limfa tugunlariga limfangit orqali o‘tadigan streptokokklar va stafilokokklar tufayli boshlanadi.
Sabablari
Limfadenitning asosiy sabablari:
- Limfa tugunlariga yallig‘lanish o‘choqlaridan (panaritsiyalar, flegmonalar) qon oqimi, limfa yoki kontakt orqali kiradigan mikroorganizmlar.
-
OIV.
-
Nafas yo‘llari viruslari.
-
Bakterial infeksiyalar.
-
Zamburug‘li yoki parazitar infeksiyalar.
-
Sil kasalligi.
-
Limfa tugunlari raki.
-
Limfoma.
-
Tanasining boshqa qismlaridan chiqqan metastatik o‘smalar.
Limfadenitni davolash
Limfadenitni davolash kasallikning asosiy sababiga bog‘liq. Asosiy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
- Dorilarni qabul qilish: analgetiklar, antibiotiklar, yallig‘lanishga qarshi preparatlar.
-
Yallig‘lanishni yo‘qotish uchun salqin nam kompresslar.
-
Zarur hollarda abssessni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash.
Jag‘ osti limfadenitini davolash uchun:
- Og‘iz bo‘shlig‘ini Burov suyuqligi bilan chayish.
-
Sovuq primochkalar.
-
Antibiotiklar va analgetiklarni qabul qilish.