App icon

Med24 rasmiy kanali

O'tish

Gaymorit

Shifokorni tanlang: LOR (Otolaringolog)
Klinikani tanlang: Otolaringologiya

Gaymorit – burun yon (yuqori jag’ bo’shlig’i) sinus shilliq qavatining yallig’lanishi bilan ifodalanadigan kasallik, sinusitning bir turi sanaladi va eng keng tarqalgan LOR kasallik hisoblanadi. Kasallik paytida nafas olish qiyinlashadi, burun ko'prigida og'riq paydo bo'ladi, ko'z qovoqlari shishadi, burundan yiringli suyuqlik oqadi.

Har o'ninchi odam gaymoritdan aziyat chekadi va hatto 6 yoshdan boshlab bolalar ham u bilan kasallanishi mumkin. 5 yosh va undan kichik yoshdagi bolalarda burun yon sinuslari rivojlanmaganligi sababli bu kasallikka duchor bo'lmaydilar.

Sinuslarning tuzilishi va ahamiyati

Sinuslar burun bo'shlig'i atrofida joylashgan. Ular burun yo'llari yordamida bog'lanadi. Yiriklari yuqori jag'ning yonida joylashgan gaymor bo`shlig`idir, ana shu gaymor bo`shlig`ining yallig`lanishiga gaymorit deb ataladi.

Sinuslar quyidagilar uchun kerak:

  • Inson nafas olayotgan havo massalari oqimining namlantiradi va isitadi. Tukchalar bilan qoplangan shilliq qavat inson yoqimli namlikni ta'minlaydi, yaxshi qon ta'minoti esa havoning isishiga yordam beradi.
  • Ovoz ohangini belgilaydi.

Gaymoritning tasnifi

Kasallik o'tkir va surunkali bo`lishi mumkin. Yallig'lanish jarayoniga qarab gaymorit quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi:

  • Kataral (tumovga o`xshaydi, ko'z va yonoqlarda og'irlik sezilishi mumkin).
  • Yiringli (sinuslarda yiringli suyuqlik to`planadi, og'riqli hislar paydo bo'ladi).

Surunkali gaymoritning shakllari:

  • Kataral (burun bitishi yiliga bir necha marta sodir bo'ladi).
  • Yiringli (kasallik zo`rayganda, burundan oddiy shilimshiq modda emas, balki yiring oqadi).
  • Kistoz (gaymoq bo`shlig`ida suyuqlik bilan to'la kistalar shakllanadi).
  • Polipoz (sinuslarda poliplar hosil bo'ladi).

Gaymoritning o'tkir yoki surunkali turi quyidagi shakllarda namoyon bo`lishi mumkin:

  • bir tomonlama (faqat bitta sinus yallig`lanadi);
  • ikki tomonlama (bir vaqtning o'zida ikkita sinus yallig'lanadi).

Infeksiyani sinuslarga yuqish yo`llariga qarab gaymorit quyidagi shakllarda kechadi:

  • Gematogen (infeksiya eng boshidan sinuslarga tushadi);
  • Rinogen (o`tkazib yuborilgan tumov tufayli);
  • Travmatik (bosh suyagining shikastlanishi tufayli);
  • Odontogen (vaqtida davolanmagan kariyes tufayli).
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Oldini olish
  • Shifokor qabuliga yoziling
img Gaymorit davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Ushbu kasallik keng tarqalgan yallig'lanish kasalligi bo'lib, quyidagi sabablarga ko'ra rivojlanishi mumkin:

  • Burun va yuqori nafas yo'llarining infeksiyalari;
  • Allergik rinit (burun shilliq qavatining yallig'lanishi allergik reaksiya tufayli yuzaga keladi);
  • Gipotermiya (sovqotish);
  • Immunitetning pasayishi (masalan, OIV tufayli);
  • Burun va uning bo'shliqlarining anatomik tuzilishidagi nuqsonlar, masalan, poliplar, burun to`sig`ining qiyshayishi va boshqalar;
  • Bronxial astma (shish xavfi ortishi);
  • Kariyes, tishlarning kasal ildizlari (xususan, yuqori tishlar);
  • Adenoidlar;
  • Surunkali tonzillit/faringit.

Gaymoritning kam uchraydigan sabablari:

  • Bosh suyagi, burun jarohatlari;
  • Sinuslarga yaqin joylashgan turli o`smalar;
  • Xoanalarning rivojlanmaganligi;
  • Mukoviscidoz (nafas yo'llari suyuqlik bilan to'lib, tiqilib qoladigan irsiy kasallik).

Ko'pincha gaymorit bilan kasallanish kuz-qish davrida avj oladi, chunki bu vaqtda immunitet pasayadi va havo sovuq bo'ladi.

Gaymoritning belgilari

Kattalar va bolalarda gaymorit belgilari

Kasallikning o'tkir turi birinchi navbatda burunning oqishi va isitma bilan namoyon bo'ladi. Bemorlarda quyidagi shikoyatlar bo`ladi:

  • holsizlik;
  • bosh og'rig'i;
  • intoksikatsiya belgilari;
  • titroq.

Bemor peshona va yonoqlardagi og'riqdan shikoyat qiladi. Ba'zi hollarda chakka ham og`riydi. Nafas olish qiyinlashadi. Ikkala sinus yallig'langanda burun orqali nafas olishning iloji bo`lmaydi – faqat og`iz orqali nafas olinadi. Agar ko`z yosh kanali tiqilib qolsa, ko'z yoshlari oqadi.

Kasallikning dastlabki bosqichlarida burundan shaffof suyuqlik oqadi, ammo keyinchalik suyuqlik yopishqoq bo'lib, yashil rangga kiradi.

Surunkali turdagi kasallikning belgilari boshqacha. Remissiya kuzatilmaydi. Lekin bemor o`ta sovqotsa yoki shamollab qolsa, ushbu belgilar rivojlanadi:

  • ichkaridan (ko'z orqasidan) bosadigan bosh og'rig'i;
  • ko'ngil aynishi;
  • nafas olish muammolari;
  • tumov;
  • me`yordan uncha yuqori bo`lmagan harorat;
  • kechasi yo'tal.

Kasallikning surunkali turi davrida keratit, konyunktivit , rivojlanishi mumkin, burun teshiklarida yoriqlar paydo bo'lishi mumkin.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Tashxisni aniqlash uchun LOR shifokori bemor bilan suhbat o'tkazadi. Ushbu so'rov davomida burun tiqilishi va shilliq suyuqlikning ajralishi qancha vaqt davom etganligi, uning rangi va tuzilishi qanday ekanligi, bosh og'rig'i bo'lib turadimi va boshni egish bilan kuchayadimi, ovozda o`zgarishlar bo`lganmi, tana harorati me`yordami, bemor qachon stomatolog ko`rigidan o`tgan kabi savollarga javob olinadi.

Suhbatdan so'ng tekshiruv o'tkaziladi, uning davomida shifokor yonoqlarda shish, bosilganda og'riq bor yoki yo'qligini, bu og`riq ko'z bo'shlig`iga ta`sir qiladimi yoki yo'qligini aniqlaydi

Tekshiruvdan so'ng shifokor rinoskopiyani buyuradi. LOR-shifokor yiringli suyuqlik yoki shish kabi yallig'lanish belgilarini aniqlash uchun burun bo'shlig'ini maxsus qurilmada tekshiradi. Shundan so'ng bemor rentgen yoki ultratovush tekshiruviga yuboriladi. Bu tekshiruvlar sinuslardagi suyuqlik darajasini aniqlashga yordam beradi va kasallikning yiringli yoki kataral turini aniqlaydi.

Agar tashxisni aniq qo`yish imkoni bo`lmasa, u holda sinus punksiyasi amalga oshiriladi. Maxsus igna yordamida mahalliy anesteziyadan foydalangan holda, sinus burun orqali teshiladi va suyuqlik shpris bilan chiqariladi. Olingan suyuqlik yiringli bo'lsa, u holda sinus yiringdan tozalandi va dori vositasi yuboriladi.

Sinusdan olingan suyuqlik eng samarali antibakterial preparatni tanlash maqsadida kasallikka sabab bo'lgan mikroorganizmlarning turini aniqlash uchun bakteriologik tekshiruvga yuboriladi.

Shuningdek, ular Gering lampochkasidan foydalaniladi. Qorong'i xonada bemor og'ziga maxsus yonib turgan lampochka solinadi. Agar sinuslarda yallig'lanish bo'lsa, ularning o'rnida lampochkaning yorug'ligi qorayadi.

Gaymoritni davolash

Gaymoritni davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • kasallik belgilarini bartaraf etish;
  • immun funksiyalarini yaxshilash;
  • kasallik qo'zg'atuvchisini yo'q qilish.

Burundan yiringli suyuqlik chiqmagan hollarda mahalliy va umumiy preparatlarni qo'llash bilan konservativ davolash amalga oshiriladi.

Asoratlar ehtimolini istisno qilish uchun mazkur dori-darmonlardan foydalaniladi:

  • desensibilizatsiya qiluvchi dorilar;
  • antibiotiklar;
  • og`riq qoldiruvchi vositalar;
  • vitaminlar.

Jarrohlik yo`li bilan davolash

Sinuslarda yiringli suyuqlik to'planganda punksiya amalga oshiriladi. Ushbu protsedura mahalliy anesteziya yordamida shifoxonada amalga oshiriladi. Yiring punksiya orqali chiqariladi, so'ngra bo'shliq antiseptiklar bilan yuviladi. Burun yo'liga ko'p shikast etkazmaslik uchun oldin bo`shliqqa kateter kiritiladi, u orqali besh martadan yetti martagacha keyingi yuvish protseduralari o`tkaziladi.

Uyda sinusitni davolashning an'anaviy usullari

Kasallik rivojlanishining eng boshida uni xalq tabobati usullari bilan to'xtatish mumkin. Eng keng tarqalgan xalq davolanish usullari:

  • Burunga asal, piyoz va kartoshka sharbati aralashmasi tomiziladi. Barcha mahsulotlar teng nisbatda aralashtiriladi. Ushbu dori kuniga to'rt-besh marta tomiziladi, salqin joyda saqlanadi.
  • Lavlagi yoki limon sharbatidan burunni yuvish uchun foydalaniladi. Suv va sharbat teng nisbatda aralashtiriladi, burunni kuniga uch martagacha yuviladi. Odatda bu maqsadlar uchun shpris ishlatiladi.
  • Kalanxoy va aloy sharbatlari bilan yuvish. Buning uchun o'simliklarning barglaridan sharbat chiqarilib, kuniga uch marta ikki tomchidan tomiziladi.
  • Oltita dafna yaprog'i ikki stakan qaynoq suvda damlanadi va taxminan o'n daqiqa davomida qaynatiladi. Olingan suyuqlikni kuniga uch martagacha burunga tomiziladi.

Xavf

Vaqtida davolanmagan gaymorit quyidagilarni keltirib chiqaradi:

  • yuzning yumshoq to'qimalarining yallig'lanishi;
  • bronxit, otit, pnevmoniya;
  • meningit, bosh suyagining suyaklarida yiringli yallig'lanish jarayoni
  • ensefalit, miya abssessi
  • ko'z va uning membranalari yallig'lanishi, ko'rishning yo'qolishi;
  • uch shoxli nervning yallig'lanishi;
  • sepsis;
  • surunkali faringit/laringit;
  • dakriosistit;
  • surunkali rinit.

Oldini olish

Kasallikning paydo bo'lishining oldini olish uchun:

  • burun oqishiga bee'tibor bo`lmang;
  • og'iz bo'shlig'ini tozalab turish;
  • burun to`sig`i qiyshiqligini vaqtida aniqlab davolang;
  • haddan ortiq sovqotmang;
  • chiniqing, sog`lom parhezga rioya qiling;
  • allergik kasalliklarni vaqtida davolang;
  • mavsumiy kasalliklar davrida vitaminlar qabul qiling.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Gaymoritni davolovchi shifokorlar

Rahmatov Jahongir Kudratovich
Rahmatov Jahongir Kudratovich

Rahmatov Jahongir Kudratovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 9 yil

  • Birinchi konsultatsiyasi180 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi144 000 so‘m
Klinika logotipi - Medion Clinic 24-7Medion Clinic 24-7

Zulfiyaxanum ko`chasi, 18

Mo'ljal: Yangi Qozog'iston elchixonasi va Rayhon kafesi

  • Du – Sh 09:00 – 18:00
  • Ya Dam olish kuni
Umirbekova Elmira Kairbekovna
Umirbekova Elmira Kairbekovna

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 35 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - M-ClinicM-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du 15:00 – 17:00
  • Se – Ju, Ya Dam olish kuni
  • Sh 09:00 – 17:00
Normirzaev Abdunabi Xakimovich
Normirzaev Abdunabi Xakimovich

Normirzaev Abdunabi Xakimovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 32 yil

Tibbiy fanlar kandidati

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

MDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Mo'ljal: "Botkino" qabristoni

  • Du, Ch, Ju, Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa, Sh 09:00 – 17:00
Kamalova Nigora Salokhitdinovna
Kamalova Nigora Salokhitdinovna

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 40 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi135 000 so‘m
Klinika logotipi - Doktor ServisDoktor Servis

Muqimiy ko`chasi, 182

Mo'ljal: "Sport tovarlari" do'koni va Oqtepa maydoni o'rtasida

  • Du, Ch, Ju 13:00 – 16:00
  • Se, Pa 10:00 – 14:00
  • Sh 10:00 – 13:00
  • Ya Dam olish kuni
Usmonov Nusrat Shavkatovich
Usmonov Nusrat Shavkatovich

LOR (Otolaringolog),

Otorinolaringolog-jarroh

Tajribasi 7 yil

Tibbiy fanlar kandidati

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi100 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

B2B Beautyclinic

Bunyodkor prospekti, 8E

Mo'ljal: 84 -sonli maktab

  • Du, Ch, Ju, Ya Dam olish kuni
  • Se, Pa, Sh 09:00 – 14:00
Xodjaeva Kamilla Ravshanovna
Xodjaeva Kamilla Ravshanovna

Xodjaeva Kamilla Ravshanovna 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 18 yil

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Shox Med CenterShox Med Center

Oybek ko`chasi 34

Mo'ljal: Pravoslav cherkovi

  • Du – Sh 09:00 – 14:40
  • Ya Dam olish kuni
Umarova Aziza O'tkirovna
Umarova Aziza O'tkirovna

LOR (Otolaringolog),

Jarroh

Tajribasi 14 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - ARK HOSPITALARK HOSPITAL

Farobi ko'cha, 323

Mo'ljal: Gostandart

  • Du – Sh 09:00 – 16:00
  • Ya Dam olish kuni
Raximova Adiba Abdujabbarovna
Raximova Adiba Abdujabbarovna

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 17 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi280 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi220 000 so‘m
Klinika logotipi - De Factum CentralDe Factum Central

Osiyo ko'ch. 86A

Mo'ljal: Korzinka do'koni Ц6

  • Du – Sh 09:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Mahmudov Ilhom Gulomjonovich
Mahmudov Ilhom Gulomjonovich

LOR (Otolaringolog),

Otorinolaringolog-jarroh

Tajribasi 13 yil

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi150 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Medion Family Hospital

Istiroxat ko'ch., 258

Mo'ljal: Grampus sport majmuasi

  • Du – Ju, Ya Dam olish kuni
  • Sh 13:00 – 18:00
Xamrayev Yaxyo Soxibovich
Xamrayev Yaxyo Soxibovich

Xamrayev Yaxyo Soxibovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 6 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi120 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Shox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Mo'ljal: "Korzinka.uz" Supermarketi, Chevrolet dilerlik markazi

  • Du, Ch, Ju 14:00 – 23:00
  • Se, Pa, Sh, Ya Dam olish kuni
Isayeva Shaxnoza Anvarovna
Isayeva Shaxnoza Anvarovna

LOR (Otolaringolog),

Surdolog

Tajribasi 6 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - M-ClinicM-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du, Sh, Ya Dam olish kuni
  • Se – Pa 09:00 – 16:00
  • Ju 09:00 – 15:00
Мудунов Али Мурадович
Мудунов Али Мурадович

Мудунов Али Мурадович 5.0

LOR (Otolaringolog),

Neyrojarroh,

Jarroh

Tajribasi 26 yil

  • Birinchi konsultatsiyasi600 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi600 000 so‘m
Klinika logotipi - Medion InnovationMedion Innovation

Abdulla Qodiriy ko'chasi, 39

Mo'ljal: "FLORIYA" KAFE - GANGA, "ROSSINI" RESTORAN

Solixo'jayev Maruf Tayirovich
Solixo'jayev Maruf Tayirovich

Solixo'jayev Maruf Tayirovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 20 yil

Tibbiy fanlar kandidati

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi100 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - B2B BeautyclinicB2B Beautyclinic

Bunyodkor prospekti, 8E

Mo'ljal: 84 -sonli maktab

  • Du – Sh 09:00 – 16:00
  • Ya Dam olish kuni
Ibragimov Jasur Nodirovich
Ibragimov Jasur Nodirovich

Ibragimov Jasur Nodirovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 7 yil

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - M-ClinicM-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Mo'ljal: Bolalar suyak-sil kasalligi sanatoriysi (sobiq Krupskaya), TTZ

  • Du, Ch 09:00 – 17:00
  • Se, Pa – Ya Dam olish kuni
Ibatov Nodir Abdullaevich
Ibatov Nodir Abdullaevich

Ibatov Nodir Abdullaevich 5.0

LOR (Otolaringolog),

Plastik jarroh

Tajribasi 12 yil

Tibbiy fanlar kandidati

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Ibatov's clinicIbatov's clinic

Qoraqamish 1/2, Oltinsoy 5

Mo'ljal: 25-Musiqa maktabi

  • Du – Ch 11:00 – 13:00
  • Pa – Ya Dam olish kuni
Kamoldinov Bexzodbek Ravshanbek o'g'li
Kamoldinov Bexzodbek Ravshanbek o'g'li

Kamoldinov Bexzodbek Ravshanbek o'g'li 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 6 yil

  • Birinchi konsultatsiyasi140 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi110 000 so‘m
Klinika logotipi - Sog'lom AvlodSog'lom Avlod

Andijon shaxri, Dukchi Eshon ko'chasi, 2B

Mo'ljal: "TOShKENT PREMIUM" Tadbirlar saroyi

  • Du – Sh 08:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Mirzalimov Shavkat Muxamedjanovich
Mirzalimov Shavkat Muxamedjanovich

Mirzalimov Shavkat Muxamedjanovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 35 yil

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi120 000 so‘m
Klinika logotipi - Shox International HospitalShox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Mo'ljal: "Korzinka.uz" Supermarketi, Chevrolet dilerlik markazi

  • Du – Ju 08:00 – 13:00
  • Sh 08:00 – 12:00
  • Ya Dam olish kuni
Ishmuxammedov Ziyovuddin Muhiddinovich
Ishmuxammedov Ziyovuddin Muhiddinovich

Ishmuxammedov Ziyovuddin Muhiddinovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 11 yil

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi300 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

CITY MED

Farobiy ko`chasi, 415

Mo'ljal: restoran "FAROVON

  • Du – Sh 09:00 – 17:00
  • Ya Dam olish kuni
Obidov Dadaxon Urunovich
Obidov Dadaxon Urunovich

Obidov Dadaxon Urunovich 5.0

LOR (Otolaringolog)

Tajribasi 12 yil

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - ORLMED otorinolaringologiya markaziORLMED otorinolaringologiya markazi

A. Temur ko‘chasi, 166-uy

Mo'ljal: Erkin Savdo

  • Du – Sh 08:00 – 14:00
  • Ya Dam olish kuni
Tuxtasinov Nurbek Nurmaxammad ugli
Tuxtasinov Nurbek Nurmaxammad ugli

Tuxtasinov Nurbek Nurmaxammad ugli 5.0

LOR (Otolaringolog),

Otorinolaringolog-jarroh

Tajribasi 6 yil

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi100 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Adn hospitalAdn hospital

Qo'shariq massivi

Mo'ljal: Bank koleji

  • Du – Ju 09:00 – 17:00
  • Sh 09:00 – 16:00
  • Ya Dam olish kuni

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil

Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari

Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar

med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI