Epilepsiya

Shifokorni tanlang: Nevrolog
Klinikani tanlang: Nevrologiya

Epilepsiya – tez-tez uchraydigan miya kasalligi bo'lib, bunda bemorda takroriy tutqanoq xurujlari bo`lib turadi. Tutqanoq yoki tutqanoq xuruji - bu normal miya faoliyatining qisqa muddatli o'zgarishi, kasallikning asosiy belgisi hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq tutqanoq xuruji ro`y berganda, bemorga epilepsiya tashxisi qo'yiladi. Ba'zi tutqanoqlar bir nuqtaga uzoq tikilib qolish ko'rinishida bo`lishi mumkin. Boshqa xurujlar odamni yiqilishi, silkinishi, atrofida sodir bo'layotgan narsalarni tushunmaslik holatlarini keltirib chiqaradi. Xurujlar bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin. Kasallik bolalar va qariyalarda ko'proq uchraydi, ammo har qanday yoshdagi odamlarga ta'sir qilishi mumkin.

Patogenez

Epileptik xurujlar tutqanoqning jismoniy belgilariga olib keladigan asab tizimi faolligining kuchayishi bilan yuzaga keladi. Tutqanoq paydo bo'lishining sababi odatda miyani qo'zg'atuvchi og`irlik va miya faoliyatining pasayishi bir vaqtda ro`y berishi natijasida keragidan ortiq neyron va elektron zaryadlarini chiqarishidir.

Tutqanoqning boshqa shakllari shikastlanishlar, infeksiyalar, giyohvand moddalarni ko`p iste'mol qilish va gipoksiya tufayli yuzaga kelishi mumkin. Epileptik xurujlar asosida yotgan omillarni tushunish ko'plab muvaffaqiyatli antiepileptik dorilarni kashf qilishga sabab bo`ldi va turli epileptik sindromlar uchun yaxshiroq va mukammallashtirilgan dori-darmonlarni ishlab chiqishga ham sabab bo`lib kelmoqda.

  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Oldini olish
  • Shifokor qabuliga yoziling
img Epilepsiya davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Bemoqlarning taxminan yarmida kasallik kelib chiqishi sabablari aniqlanmagan. Ikkinchi yarmida bu holat turli omillar bilan tavsiflanadi, jumladan:

  • Genetik ta'sir. Tutqanoq turlari bo`yicha tasniflangan epilepsiyaning ayrim turlari nasldan naslga o'tadi. Ba'zi genlar odamni tutqanoqni keltirib chiqaradigan atrof-muhit sharoitlariga nisbatan sezgirroq qilishi mumkin.
  • Bosh jarohatlari. Avtohalokat yoki boshqa hodisalar natijasidagi bosh jarohati.
  • Miya anomaliyalari. Miyadagi buzilishlar, shu jumladan miya o`simtasi yoki qon tomir malformatsiyalari.
  • 35 yoshdan oshgan kattalardagi epilepsiyaning asosiy sababi insult hisoblanadi.
  • Infeksiyalar. Meningit, OIV, virusli ensefalit va ba'zi parazitar infeksiyalar.
  • Homiladorlik davridagi shikastlanishlar, onadagi infeksiyalar, noto'g'ri ovqatlanish yoki kislorod yetishmasligi
  • Rivojlanishning buzilishi. Epilepsiya ba'zan autizm kabi rivojlanish bilan bog`liq kasalliklar bilan yonma-yon yuradi.

Epilepsiyaning asosiy sabablari noma'lum bo'lsa-da, epilepsiya bilan og'rigan odamlarda aynan ba'zi omillar tutqanoqni keltirib chiqaradi. Ushbu omillardan saqlanish epilepsiya bilan yaxshiroq yashashga yordam beradi:

  • turli dori-darmonlarni qabul qilish;
  • kuchli spirtli ichimliklarni iste'mol qilish;
  • kokain, ekstazi yoki boshqa noqonuniy giyohvand moddalarni iste'mol qilish;
  • uyqusizlik;
  • antiepileptik dorilarni qabul qilishga xalaqit beradigan boshqa dorilar;
  • miltillovchi chiroqlar, tasvirlar va takrorlanuvchi naqshlar;
  • holdan toyish;
  • asabiy taranglik;
  • iqlim o'zgarishi;

Epilepsiya har qanday yoshda rivojlanishi mumkin. Tashxis odatda erta bolalikda yoki 60 yoshdan keyin qo'yiladi. Kichkina bolalardagi epilepsiya homiladorlik davrida yoki og'ir tug`ruq paytidagi miyaga kislorod yetishmasligi bilan bog'liq. Ba'zida, yosh o`tishi bilan, tutqanoqlar soni kamayadi yoki butunlay yo'qoladi.

Kasallikning namoyon bo'lishi

Tutqanoq (xuruj) - epilepsiyaning asosiy belgisidir. Kasallik belgilari tutqanoq turiga qarab farq qiladi.

Xurujlar 2 xil bo`ladi:

  • tarqalgan
  • parsial.

Tarqalgan xurujlarda miyaning barcha qismi ta'sirlanadi va fokal (o`choqli) simptomlar bo`lmaydi. Tarqalgan xurujlarning quyidagi shakllari bor:

  • tonik-klonik xurujlar
  • absanslar (ongning qisqa vaqt mobaynida o`chib qolishi)
  • aralash shakllar.

Agar xurujlar miyaning faqat bitta sohasidagi g'ayritabiiy faoliyat natijasida yuzaga kelsa, ular parsial yoki o'choqli (fokal) xurujlar deb ataladi. Deyarli barcha holatlarda, xurujdan oldin aura – epilepsiya xabarchisi kuzatiladi. Xurujlar boshlanishiga bir necha soat qolganda, ba’zan esa bir-ikki kun oldin bemorning uyqusi qochadi, xavotir paydo bo‘ladi, jahldor bo‘lib qoladi, yuzi yoki tanasining ba’zi joylarida uvishishlar paydo bo‘ladi, lab burchaklari titray boshlaydi. Odatda, mana shu belgilardan so‘ng katta tutqanoq xurujlari boshlanadi. Parsial (fokal) xurujlar:

  • oddiy
  • murakkab
  • ikkilamchi tarqalgan bo`lishi mumkin.

Oddiy parsial xurujlarda hushdan ketilmaydi va quyidagi turlarga bo'linadi:

  • motor fokal xurujlar: davomiyligi uzoq emas, tonik yoki klonik, xurujdan so`ng mushaklar kuchsiz bo`lib qoladi;
  • sensor fokal xurujlar: bunday xurujlarning xususiyatlari - gallyutsinatsiyalar, tananing ayrim qismlarida uvishish;
  • vegetativ fokal xurujlar: limbik tuzilmalar shikastlanganda kuzatiladi, belgilari: – terlashning kuchayishi, ko'ngil aynishi, yurakning tez urishi, "tovuq terisi" sindromi, hissiy reaksiyalar.

Murakkab fokal xurujlar odamlarning ongiga ta'sir qiladi va hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Murakkab fokal xurujga duchor bo'lgan bemorlar, odatda, xuruj sodir bo'layotgan vaqtda yon atrofda sodir bo`layotgan voqealarni anglab yetmaydilar. Ular xuruj paytida boshqa odamlarga yoki atrof-muhitga munosabat bildirmaydilar va nima sodir bo'lganini eslay olmaydilar. Ular bo`shliqqa uzoq tikilib qolishlari, xayolparast bo'lib ko'rinishi yoki to'satdan uyg'onib ketishlari mumkin.

Katta epileptik tutilish yoki tonik-klinik tutilish kasallikning eng xarakterli ko'rinishidir. U quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi:

  • hushni yo'qotish
  • baqirish
  • mushaklarning beixtiyor qisqarishi
  • tez-tez silkinish
  • sianoz va so`lak oqishi
  • nafas olishning to'xtashi
  • tilni tishlash
  • beixtiyor peshob va axlat chiqarish

Bunday xurujlar odatda 1-3 daqiqa davom etadi. Xurujdan keyin bemor odatda uxlab qoladi yoki sokin holatga tushadi, mushaklarida og'riq paydo bo'ladi va xotirasi ishdan chiqadi.

Epileptogen o`choqning joylashuvi va sababiga qarab, epilepsiya quyidagi turlarga ega:

  • chakka epilepsiyasi (tez-tez hushni yo'qotish, xurujlarsiz, vegetativ ko'rinishlarsiz, aura mavjud, 75% hollarda faqat aura bilan o`tadi, EEG EEGda o'zgarishlar kuzatilmaydi);
  • peshona epilepsiyasi (xurujlar, hushni yo'qotish, oyparastlik, aurasiz, to'satdan, davomiyligi bir daqiqadan kam, har doim bir xil);
  • parietal epilepsiya (kamdan-kam holat, og'riqlar, paresteziyalar, harorat sezuvchanligining o'zgarishi, tana sxemasining buzilishi va boshqalar).
  • ensa epilepsiyasi (kamdan-kam holat, gallyutsinatsiyalar, ko'rish doirasining cheklanishi, kipriklarni pirpiratish va ko'z olmasi sohasidagi turli sezgilar, g`ilaylik).

Kichkina yoshdagi bolalarda ko`pincha rolandik epilepsiya tashxisi qo`yiladi va barcha bolalar epilepsiyalarining taxminan 15% ni tashkil qiladi. Ushbu xurujlar o'rtacha 6 yoshdan 8 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchrashi mumkin, ammo 3 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalar ham rolandik epilepsiya qurboniga aylanishi mumkin. Bunday kasallik turi ko`proq o`g`il bolalarda va epilepsiya bilan og'rigan yaqin qarindoshlari bo'lgan bolalarda tashxis qilinadi. Alomatlari:

  • til, lablar, yuz mushaklari, qo'l va oyoqlarning titrashi;
  • nutqning buzilishi;
  • ko'p miqdorda so'lak oqishi;
  • hush yo`qotilmaydi;
  • tungi xurujlar.

Epilepsiya belgilari

Bolalardagi belgilar kattalarnikiga juda o'xshash. Boladagi kasallikning birinchi belgilari neonatal davrda paydo bo'lishi mumkin. Tajribasiz onalar ko'pincha konvulsiv harakatlarni oddiy harakatlardan ajrata olmaydilar, shuning uchun 0 dan 3 yoshgacha bo'lgan yosh bolalarda epilepsiyani aniqlash juda qiyin. Farzandingizda quyidagi belgilarni kuzatsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling:

  • qo'l va oyoqlarning qaltirashi yoki taranglashishi;
  • qisqa vaqt davomida shovqin yoki so'zlarga javob reaksiyasi yo'qligi;
  • nafas olishning qiyinlishuvi yoki nafas olishdan to'xtash;
  • beixtiyor peshob va axlat chiqarish;
  • kipriklarni tez-tez pirpiratish, bir nuqtaga tikilib qolish, ko`zini yuqoriga qaratish.

Epileptiform xurujlar

Ba'zi odamlar epileptik xuruj belgilariga o'xshash alomatlarni boshdan kechirishadi, ammo miyada neyronlarning hech qanday noodatiy faolligi bo`lmaydi. Bunday vaziyatlar sodir bo'lishi epileptiform xuruj deb ataladi, uning sabablari turlicha bo`lib, bu holatni davolashninh ilojisi bor. Bunday xurujlar hali asab tizimi to`liq yetilmagan bolalarda tez-tez uchraydi. Bunday xurujlarning sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:

  • tana haroratining oshishi
  • zaharlanish
  • infeksiyalar
  • tish chiqishi.

Kattalarda asab tizimi to`liq shakllanganligi tufayli, epileptiform xurujlar deyarli uchramaydi. Agar tutqanoq tutsa, miyaning boshqa patologiyalarini aniqlash uchun tekshiruvdan o'tish kerak.

Xurujlararo davr

Ba'zida xurujlar orasida hissiy va kognitiv buzilishlar sodir bo'ladi. Bu holat epileptik ensefalopatiya deb ataladi. Ushbu holatning belgilari:

  • tushkun kayfiyat
  • hayajon
  • bezovtalanish
  • vahima
  • xotira bilan bog`liq muammolar.

Bolalarda:

  • bilim olish bog`liq muammolari
  • diqqatsizlik va giperaktivlik
  • autizm
  • migren.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

EEG (elektroensefalografiya) - aniq tashxis qo'yishning yagona usuli hisoblanadi. Miyaga yo'naltirilgan elektr impulslari yordamida konvulsiv tayyorgarlikni, epileptik o'choqlarni va ularning joylashuvini aniqlash mumkin. EEG nevrolog tomonidan amalga oshiriladi. EEG paytida fotostimulyatsiya testini o'tkazish kerak. Fotostimulyatsiya - bu maxsus qurilma yordamida yorug'likning ikkala ko'zga ta'siri. Giperventilyatsiya yoki EEG paytida chuqur nafas olish ham epileptik xurujlarni, ayniqsa abssesslarni tezda aniqlashga yordam beradi. Endigina tutqanoq tuta boshlagan bemorda epilepsiya turini aniqlash qiyin. Xurujlarning turini aniqlash uchun bemorni kamida oyiga bir marta kuzatish kerak bo`ladi. Ba'zida 12 dan 24 soatgacha EEG video monitoringi talab qilinadi. So`ngra barcha olingan ma'lumotlar batafsil tahlil qilinadi.

Agar epilepsiya belgilari mavjud bo'lsa, shifokorlar shunga o'xshash alomatlarga ega bo'lgan boshqa kasalliklarni istisno qilish uchun miyaning magnit-rezonans tomografiyasini (MRI) tavsiya qiladilar.

Epilepsiyani davolash

Kasallikni davolash quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • xuruj paytida bemorga tez yordam ko`rsatish
  • dori vositalari bilan davolash

Xuruj paytida va undan keyin nima qilish kerak?

  • bemorning xavfsizligini ta'minlash;
  • bemorni xavfsiz va tekis joyga ehtiyotkorlik bilan o`tkazish;
  • xuruj paytida bemorning og`zi ochiq bo`lsa biror narsa qo'yib qo`yish;
  • bemorning qisilgan jag`larini kuch bilan ochish taqiqlanadi;
  • xuruj tugaganidan keyin bemorning ahvolini nazorat qilish va tinchlantirish.

Dori-darmonlar yordamida davolash

Davolash xuruj turini hisobga olgan holda bitta dori vositasi (monoterapiya) bilan boshlanadi. Tonik-klonik, tonik, klonik, mioklonik, tarqalgan xurujlarda asosan fenobarbitol, benzonal, gliferal, difenin (fenitoin), karbomazepin (finlepsin, tegretol, stazepin, geksomidin (primidon), natriy volproat (depakin, konvuleks) qo‘llaniladi. Murakkab tutqanoqlarda shifokor preparatni to‘g‘ri belgilashi kerak. Uning dozasini belgilashda xuruj vaqtida nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmasligini hisobga olish kerak. Birdan ortiq yoki juda kam dozani buyurish tavsiya etilmaydi.

Jarrohlik bilan davolash

Agar dori-darmonlar bilan davolash yordam bermasa, bemorga jarrohlik amaliyoti tavsiya qilinadi. Bunday jarrohlik miyaning qo'zg'aluvchanligi yuqori bo'lgan qismini olib tashlash va o'zgartirish yoki nerv stimulyatori implantatsiyasidan iborat. Buning natijasida, xurujlar soni kamayadi.

Xalq tabobatida davolash usullari

Uyda davolanishda quyidagi muqobil usullar samarali bo'ladi:

  • ikki boshoqli efedra, toshbaqa toli, shuvoq, dorivor bukvitsa damlamasi;
  • valeriana ildizi, kalendula gullari, qora mevali ryabina mevalari, moychechak gullari, na`matak mevalari qaynatmasi;
  • xom piyoz va ismaloqning yangi tayyorlangan sharbatini ichish yoki toza holda iste'mol qilish.

Xavf

Og`ir tarqalgan xurujlar eng xavfli hisoblanadi. Hushni yo'qotish, nafas olishning to'xtashi, tomoqqa so`lak yoki qon ketib qolishi o'limga olib kelishi mumkin. Agar xuruj davomli bo`lsa, yurak va qon tomirlariga og`irlik tushadi, miyaga kislorod yetishmasligi natijasida bemor o'lishi yoki koma holatiga tushishi mumkin. Ko'pincha, hayot uchun xavfli bo'lgan xurujlar antikonvulsant dorilarni qabul qilishni to'xtatganda paydo bo'ladi.

Epilepsiya va homiladorlik

Tutqanoq bilan og'rigan ayollarning ko'pchiligi sog'lom bolalarni tug'ishsa-da, homiladorlik davrida bo`lajak ona alohida e'tiborga muhtoj bo'lishi mumkin. Homiladorlik davridagi xurujlar quyidagilarga olib kelishi mumkin:

  • homilaga kislorod yetishmasligi sababli homiladorlikning uzilishi
  • homila yurak tezligining sekinlashishi
  • yo`ldoshning bachadondan muddatidan oldin ajralishi yoki hushni yo'qotish tufayli homila tushishi
  • erta tug'ruq

Kasallik ba'zan nasldan naslga o`tadi, lekin vahima qilishga hojat yo`q ko'pchilik bolalar ota-onalaridan epilepsiyani meros qilib olmaydilar. Umumiy aholi o`rtasida bola hayotining muayyan davrida kasallik rivojlanish xavfi taxminan 1% ni tashkil qiladi. Agar onada xurujlar bo`lib tuadigan bo`lsa, bolada kasallik rivojlanish xavfi ortadi va otadagi xurujlar mazkur ko'rsatkichga hech qanday ta'sir qilmaydi.

Homiladorlik davrida epilepsiyani davolash kasallik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Nevrologlar odatda homiladorlik davrida antikonvulsantlarni qabul qilishni davom ettirishni tavsiya qiladilar. Biroq, barchasi dori turiga bog'liq. Dozani o'zgartirish yoki yangi doriga o'tish kerak bo'lishi mumkin, ammo dori-darmonlarni qabul qilishni umuman to'xtatish kerak emas. Ba'zi antikonvulsantlar homilador ayollar uchun tavsiya etilmaydi, chunki ular homila rivojlanishidagi muammolarga yoki tug'ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin.

Epilepsiya bilan og'rigan homilador ayollardan aksariyat asoratsiz bolalar tug'iladi. Epileptik ayollar, boshqa homilador ayollar kabi, to`lg`oq va tug'ruq paytida og'riqni yo'qotuvchi usullardan foydalanishlari mumkin. Tug'ish paytidagi xurujlar kamdan kam uchraydi. Agar tug'ruq paytida xuruj sodir bo'lsa, uni tomirga dori yuborish orqali to'xtatish mumkin. Agar xuruj uzoq davom etsa, shifokor chaqaloqni kesarcha kesish yo`li bilan tug'ilishiga yordam berishi mumkin.

Epilepsiya bilan og'rigan ayollarning ko'pchiligiga, hatto antikonvulsantlarni qabul qilganlarga ham chaqaloqni emizish tavsiya etiladi. Agar bolada uyqusizlik, surunkali intoksikatsiya belgilari paydo bo'lsa, bolani sun'iy oziqlantirishga o'tkazish yoki onaning antikonvulsant dori-darmonlarini asta-sekin bekor qilish mumkin.

Oldini olish

Epileptik xurujlar xavfini kamaytirishga yordam beradigan ba'zi maslahatlar:

  • Har kecha yetarlicha uxlang - muntazam uyqu jadvalini belgilang va unga rioya qiling.
  • Stressni boshqarish va dam olish usullarini o'rganing.
  • Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklardan saqlaning.
  • Barcha dori-darmonlarni shifokor buyurganidek qabul qiling.
  • Yorqin miltillovchi chiroqlar va boshqa ko`zni zo`riqtiruvchi holatlardan saqlaning. Doimiy harakatlanuvchi qurilmalar bilan, baland joylarda, olov yaqinida ishlash, charchoq xavfi yuqori bo'lgan joylarda, masalan, smenali ishlarda ishlash taqiqlanadi.
  • Ketogenik parhez ga rioya qiling: ko'p yog'li ovqatlar iste'mol qiling, sho'r taomlar, suyuqliklardan cheklaning, chunki tanada suv yig`ilishi miya shishiga olib keladi va tutqanoqni keltirib chiqaradi.
  • Yengil jismoniy faoliyat bilan shug`ullaning. Masalan, yurish. Mashq bajarishda boshga qon quyilishini oldini olish lozim
  • Agar sizga epilepsiya tashxisi qo'yilgan bo'lsa, mashina haydash taqiqlanadi.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Epilepsiyani davolovchi shifokorlar

Yo'ldosheva Shaxnoza Azizovna
Yo'ldosheva Shaxnoza Azizovna

Nevrolog,

Neyrofiziolog,

Nevropatolog

12 yil Tajriba

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi280 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

De Factum Megapolis

13 kv-l, 1A, Yunusobod massivi

Temirova Farangiz Raximjon
Temirova Farangiz Raximjon

doctor?.reviews_score 5.0

Nevrolog

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - M-Clinic
M-Clinic

Tantan ko'chasi, 1-uy

Muzrabbekova Zilola Zayniddinovna
Muzrabbekova Zilola Zayniddinovna

doctor?.reviews_score 4.0

Nevrolog,

Vertebrolog

34 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - MDS Servis
MDS Servis

Botkin ko`chasi, 110/3

Ergasheva Gulnoza Qosimovna
Ergasheva Gulnoza Qosimovna

Nevrolog

14 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi260 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi120 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Shox International Hospital

Kichik xalka Yo`li ko`chasi, 70A

Tosheva Dilrabo Namozovna
Tosheva Dilrabo Namozovna

Nevrolog,

Vertebrolog

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Az-med clinic
Az-med clinic

Yunus-Ota ko'chasi, 16 A

Xamidova Sevara Mirjalilovna
Xamidova Sevara Mirjalilovna

doctor?.reviews_score 5.0

Nevrolog,

Nevropatolog,

Psixolog,

Neyrofiziolog

10 yil Tajriba

Ikkinchitoifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi200 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Medion Family Hospital

Istiroxat ko'ch., 258

Muxamedova Nasiba Aladinovna
Muxamedova Nasiba Aladinovna

Nevrolog,

Nevropatolog

31 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi165 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Innova Expert
Innova Expert

Dagbitskaya ko'chasi, 3-sayohat , 1 uy, Samarqand

Kdirbayeva Dilnoza Maksetovna
Kdirbayeva Dilnoza Maksetovna

Nevrolog,

Refleksolog

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Reasentr Tashkent
Reasentr Tashkent

Buyuk Ipak Yo`li ko`chasi, 305

Kenjaeva Gavxar Saidakbarovna
Kenjaeva Gavxar Saidakbarovna

Nevrolog,

Nevropatolog

30 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Medimax
Medimax

m-v Axmad Yugnaki, Proektnaya ko`chasi, G-40

Ergashev Shuxrat Erkinovich
Ergashev Shuxrat Erkinovich

doctor?.reviews_score 1.0

Nevrolog

32 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi135 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi135 000 so‘m
Klinika logotipi - "O'zbekiston temir yo'llari" AJ markaziy klinik kasalxonasi
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ markaziy klinik kasalxonasi

2 sayohat Tarakkiyot, 12A

Fayzullayev Baxrom Fatxullayevich
Fayzullayev Baxrom Fatxullayevich

Nevrolog,

Nevropatolog

13 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Zdorovie deti (Yunusobod filiali)
Zdorovie deti (Yunusobod filiali)

Yunusobod 17, Mirzaev ko`chasi, 50

Balabanova Liliya Isfetovna
Balabanova Liliya Isfetovna

doctor?.reviews_score 5.0

Nevrolog,

Nevropatolog

25 yil Tajriba

Tibbiy fanlar kandidati

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi280 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi280 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Biolife - birinchi osteopad klinikasi

Sayram ko'ch., 3A 1-qavat

Oralov Aslan Kobilovich
Oralov Aslan Kobilovich

Nevrolog,

Nevropatolog,

Neyrofiziolog

  • Birinchi konsultatsiyasi200 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Mental Med Service
Mental Med Service

Proezd Labzak, 10V

Xamidullayeva Guzal Anvarovna
Xamidullayeva Guzal Anvarovna

doctor?.reviews_score 5.0

Nevrolog,

Pediatr,

Terapevt,

Neyrofiziolog

5 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasi170 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - NS Medical
NS Medical

Beruni ko'chasi 6

Nazarov Muxriddin Xolmuminovich
Nazarov Muxriddin Xolmuminovich

Nevrolog

11 yil Tajriba

  • Birinchi konsultatsiyasi150 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Complex Med Center
Complex Med Center

G‘uzor Lutfiya ko‘chasi, 18

Mamatqulov Sarvar Ibrohimjanovich
Mamatqulov Sarvar Ibrohimjanovich

Nevrolog

25 yil Tajriba

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi60 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - DOCTOR FAMILY
DOCTOR FAMILY

Namangan shahri, 7 Mingchinor ko'chasi, 18

Gafarova Lilya Izetovna
Gafarova Lilya Izetovna

doctor?.reviews_score 5.0

Nevrolog,

Nevropatolog

27 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi175 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - Hayat Medical Centre
Hayat Medical Centre

Mevazor ko`chasi, 5/14

Xamidov Sirojiddin Nuriddinovich
Xamidov Sirojiddin Nuriddinovich

Nevrolog,

Nevropatolog

17 yil Tajriba

Birinchi toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi250 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasi150 000 so‘m

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

IP Clinic

Yassi ko'chasi, №8-uy

Saidvaliyev Farrux Saidakramovich
Saidvaliyev Farrux Saidakramovich

doctor?.reviews_score 5.0

Nevrolog

30 yil Tajriba

Tibbiy fanlar doktori

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasi350 000 so‘m
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha

Shifokor bir nechta klinikalarda qabul qiladi

Hilol med center

katta qani ko'chasi, 13/1

Kadirova Shoxista Vafodjanovna
Kadirova Shoxista Vafodjanovna

Nevrolog,

Refleksolog

42 yil Tajriba

Oliy toifali shifokor

  • Birinchi konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
  • Takroriy konsultatsiyasinarx so‘rov bo‘yicha
Klinika logotipi - ZILOLA MEDICAL
ZILOLA MEDICAL

Tallimarjon ko`chasi, 43

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI