- bosh miya moddasining o‘tkir, yarim o‘tkir yoki surunkali bo‘lishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanish kasalligi.
Sabablari
Ensefalit bosh miyaning infeksion, allergik yoki toksik zararlanishi natijasida paydo bo‘ladi. Sabablarga quyidagilar kiradi:
- Yuqumli va virusli kasalliklar asoratlari (qizamiq, qizilcha, suvchechak)
-
Hasharotlar chaqishi (kanalar, chivinlar)
-
Emlashdan keyingi asoratlar (chechak, antirabik vaksinalar)
-
Gerpes, quturish, gripp (neyroinfeksiya) viruslari
Virus qon orqali, kontakt yo‘li bilan, alimentar yoki havo-tomchi yo‘li bilan yuqishi mumkin. Bahor-yoz davrida bolalarda chaqnashlar kuzatiladi.