App icon

Med24 rasmiy kanali

O'tish

Anal qichishish

Shifokorni tanlang:
Klinikani tanlang:
Anal qichishish - bu orqa yo‘l sohasida doimiy qichishish bilan namoyon bo‘ladigan kasallik. U birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi mumkin, oxirgi holatda u anal yorig‘i, isitma, qabziyat yoki jinsiy a’zolarning yallig‘lanishi kabi holatlarning simptomi hisoblanadi. Simptomlarning davomiyligi va ifodalanganligiga qarab kasallikning o‘tkir va surunkali shakllari tafovut qilinadi.
  • Sabablar
  • Alomatlar
  • Diagnostika
  • Davolash
  • Xavf
  • Xavf guruhi
  • Oldini olish
  • Parhez
img Anal qichishish davolaydigan barcha shifokorlarni tomosha qiling

Sabablar

Anal qichishish orqa yo‘l sohasidagi terining ta’sirlanishi tufayli yuzaga keladi. Qichishish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • Dermatologik kasalliklar (kontakt dermatit, psoriaz, ekzema);
  • Zamburug‘li infeksiyalar (kandidoz);
  • Jinsiy a’zolar va to‘g‘ri ichak kasalliklari (gemorroy, to‘g‘ri ichak o‘smalari);
  • Qandli diabet;
  • Jigar kasalliklari;
  • Noto‘g‘ri gigiyena;
  • Antibiotiklarni uzoq vaqt qabul qilish;
  • Tor va noqulay kiyim kiyish.

Anal qichishish belgilari

Anal qichishishning xarakterli alomatlariga quyidagilar kiradi:

  • Orqa yo‘lak sohasida, ayniqsa tunda kuchayadigan kuchli qichishish;
  • Anal teshik atrofida taroqlar va shilinmalarning paydo bo‘lishi;
  • Orqa chiqaruv teshigi atrofidagi terining qizarishi, dag‘allashishi va quruqligi.

Agar o'zingizda shunga o'xshash alomatlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oldini olish oqibatlari bilan kurashishdan osonroqdir.

Diagnostika

Anal qichishishini to‘g‘ri davolashni aniqlash uchun shifokor-proktolog quyidagi tekshiruv va tahlillarni buyuradi:

Qo‘shimcha ravishda sfinkterometriya, qirma yoki surtma, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ultratovush tekshiruvi va gastroskopiya tavsiya etilishi mumkin.

Anal qichishishni davolash

Anal qichishishni davolash quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Antigelmint preparatlar;
  • Sedativ preparatlar;
  • Mazlar;
  • Mikroklizmlar;
  • Antibiotiklar (agar zamburug‘li infeksiya aniqlansa).

Qichishish anal yorig‘i, gemorroy yoki to‘g‘ri ichak tushishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, jarrohlik aralashuvi talab qilinishi mumkin.

Xavf

Agar shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilinmasa va anal qichishishni bartaraf qilinmasa, bu surunkali qichishishga va quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:

  • Ekzema;
  • Qon ketishi;
  • To‘g‘ri ichak yarasi.

Xavf guruhi

Anal qichishish uchun xavf guruhini quyidagilar tashkil qiladi:

  • Ortiqcha vaznli odamlar;
  • Terlash darajasi yuqori bo‘lgan odamlar;
  • Qandli diabet, diareya, ich qotishi yoki zamburug‘li kasalliklar bilan og‘rigan odamlar;
  • Gigiyena qoidalariga rioya qilmaydigan odamlar.

Oldini olish

Anal qichishishni oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

  • Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
  • Tabiiy gazlamadan tayyorlangan, erkin va tanaga zich yopishib turmaydigan ichki kiyim kiyish;
  • Xushbo‘ylantirgich va bo‘yoqlarsiz qog‘ozdan foydalaning.

Parhez

Davolash davrida quyidagi mahsulotlarni ratsiondan chiqarib tashlash tavsiya etiladi:

  • Sitrus mevalar;
  • Pomidor va ketchup;
  • Achchiq qalampir va ziravorlar;
  • Shokolad;
  • Choy va qahva;
  • Sho‘r va achchiq taomlar;
  • Gazlangan ichimliklar;
  • Spirtli ichimliklar.

Ushbu maqola faqat tanishish maqsadida joylashtirilgan va ilmiy material yoki professional tibbiy maslahat emas

Anal qichishishni davolovchi shifokorlar

empty-box

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

So‘rovingizda hech narsa topilmadi

Foydali ma'lumotlar

Diagnostika markazlari

Ixtisoslashgan Med portali 24.uz uy yaqinidagi diagnostika markazini tanlashga yordam beradi

Batafsil

Analizlar

Med24.uz sizga yaqin atrofdagi klinikani topishga yordam beradi, u erda siz barcha laboratoriya tekshiruvlaridan o'tishingiz mumkin

Batafsil

Tibbiy xizmatlar

Turli klinikalarda tibbiy xizmatlar qancha turishini bilib oling

Batafsil

Shifokorlarning keng tarqalgan mutaxassisliklari

Keng tarqalgan tibbiy xizmatlar

med24 logo

Med24.uz ilovasida bepul onlayn maslahatlar

med24 logomed24 logo
age limit

saytda ko'rsatilgan ma'lumot tashxizqo'yish, davolash muolajasi berish uchun foydalana olinmaydi va shifokor qabulining o'rnini bosmaydin.

© med24.uz, 2023–2025. "SMART MEDIA SOLUTIONS" MASULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI