Выберите регион
group

НОВОГАММА раствор

Инструкция НОВОГАММА раствор

Показания к применению

  • V1, V2, V3, V5 va V6 vitaminlarini gipo - va avitaminozlari;

  • nerv tizimini, periferik nevritlar va polinevritlar, nevralgiyalar, periferik parez va falajlar, nerv ildizi nevritlari, retrobulbar nevritlar, o'rab oluvchi gerpes, lyumbago, pleksitlar, qovurg'alararo nevralgiyalar, yuz nervini parezlari, uch shoxli va yuz nervlarini nevralgiyasi, amiotrofik yon sklerozi, bolalar tserebral falaji, Markaziy va periferik nerv tizimini jarohatlari, kabi kasalliklarini simptomatik davolash;

  • entsefalopatiya (diabetik, alkogolli, posttravmatik va boshqalar);

  • teri kasalliklari (nevrogen yo'l bilan rivojlangan ekzema va dermatozlar, dermatitlar va neyrodermitlar, psoriaz);

  • pernisioz anemiyalar, gastrektomiyadan keyingi yoki me'da-ichak buzilishlari oqibatida rivojlangan parapernisioz megaloblast anemiyalar, gepatit bilan xastalangan bemorlardagi anemiya, toksiko-infektsion anemiyalar va temir preparatlari bilan davolashga chidamli bo'lgan eritroblast, gipoxrom anemiyalar.

  • artritlar, osteoartritlar, revmatizm, revmatoid artrit kabi bo'g'im kasalliklari;

  • gemeralopiya, kon'yunktivit, keratit, Irit, katarakta, shox pardani yarasi kabi oftalmologik kasalliklar;

  • jismoniy harakatlar oshganida;

  • tuberkulyozga qarshi dori vositalar (izoniazid qatori), antibiotiklarni qabul qilishda preparatni qo'llash mumkin emas.

Противопоказания

  • dori vositasining har qanday komponentiga allergiya (o'ta yuqori sezuvchanlik);

  • dekompensasiyalangan yurak etishmovchiligini o'tkir va og'ir shakllari;

  • polisitemiya (qonda eritrositlar miqdorini oshishi);

  • rak oldi kasalliklari;

Состав

2 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 20 mg;

riboflavin fosfat natriy (V2 vitamini) 4 mg;

piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 10 mg;

nikotinamid (RR vitamini yoki V3 vitamini) 150 mg;

pantenol (V5 vitamini) 10 mg.

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy metabisulfiti, suvsiz natriy atsetati, dietanolamin, 90% monotiogliserol, benzil spirti, in'ektsiya uchun suv.

Фармакодинамика

V kompleksining barcha vitaminlari enzim tizimlarining guruhidir. Ular metabolizm jarayonlarida faol qatnashadilar va bir-birini to'ldirib, sinergik ta'sir qiladilar. Suvda eruvchan V vitaminlari guruhining asosiy omillari aralashmasi tabiiy miqdorlar nisbatida jamlangan. Alohida faqat bitta vitamin bilan bog'liq avitaminozlar kam kuzatiladi va ular asosan majmuaviy holda uchraydilar. Ushbu vitaminlarni majmuaviy holda qo'llash umumiy moddalar almashinuvini normallashishiga yordam beradi va nospesifik umumiy terapiya hisoblanadi.

V1 vitamini – tiamin gidroxloridi – sintetik preparat bo'lib, suvda eruvchan vitaminlarga kiradi. Jigarda fosforlanish jarayonlari natijasida ko'pchilik fermentativ reaktsiyalarning kofermenti bo'lgan kokarboksilazaga aylanadi. V1 vitamini uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvini boshqarishda, shuningdek sinapslarda nerv qo'zg'aluvchanligini o'tkazish jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, anemik miokardiodistrofiyada miokardiositlarning metabolizmini va ularning qisqarish faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

V2 vitamini – riboflavin metabolik ta'sir ko'rsatadi; ATF bilan o'zaro ta'sirlashib, flavinproteinlarning koenzimlarini hosil qiladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, N+ tashishda, to'qima nafasida, uglevodlar, oqsillar va yog'lar almashinuvida, ko'zlarni normal ko'rish faoliyatini tutib turishda, gemoglobin va eritropoetin sintezida ishtirok etadi. Normal ichak mikroflorasi tomonidan sintezlanadi va uning o'zi normal mikroflorani tutib turish uchun zarur.

V6 vitamini– piridoksin organizm tomonidan to'yinmagan yog'kislotalarini ishlatilishini yaxshilaydi, nerv tizimi, jigar, qon yaratilish faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Piridoksin nerv-mushak o'tkazuvchanligi, mushaklarni qisqarishini normallashtiradigan, tirishishlarni rivojlanishiga qarshi ta'sir ko'rsatadigan, oltingugurt saqlovchi aminokislotalar – taurin (metionindan va tsisteindan) sinteziga yordam beradi. Triptofan, metionin, tsistein, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadi. Gistamin almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Lipidlar almashinuvini normallashishiga yordam beradi.

Nikotinamid –nikotin kislotasining amidi (RR vitamini) – spesifik pellagraga qarshi vosita bo'lib, organizm hayot faoliyatida muhim rol o'ynaydi, oksidlanish – qaytarilish jarayonlarini amalga oshiruvchi fermentlarning prostetik guruhidir. Karbonsuvlar, azot almashinuvini yaxshilaydi, yuqori dozalarda qondagi lipidlar va lipoproteidlarning aterogen fraktsiyalarini kamaytiradi. Shuningdek qisqa muddatli yaqqol tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ham ko'rsatadi.

Dekspantenolpantoten kislotasining tanqisligini to'ldiradi, yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, regenerasiya jarayonlari, ichak peristaltikasini rag'batlantiradi. Organizmda A kofermenti sintezini substrat stimulyatori hisoblangan faol metabolit – pantoten kislotasini hosil qiladi, barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, kortikosteroidlarni hosil bo'lishini, xolinni atsetillanishini ta'minlaydi, ichakning normal sekretor va kinetik faoliyatini tutib turadi

Фармакологическое действие

V1 vitamini– preparat parenteral yuborilganida qonga tez tushadi, a'zolar va to'qimalar o'rtasida nisbatan bir xil taqsimlanadi. Fosforlanishi jigarda amalga oshadi. Jigar, yurak, miya, buyraklar, taloqda to'planadi. Jigar va buyraklar orqali chiqariladi, taxminan 8-10% o'zgarmagan holda chiqariladi.

V2 vitamini– barcha a'zo va to'qimalarga taqsimlanadi, mushak to'qimasi, jigar, taloq, buyraklar va miokardda to'planadi. Yo'ldosh orqali o'tadi va ko'krak sutiga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2 66-84 minutni tashkil etadi. Buyraklar orqali deyarli butunlay metabolitlar ko'rinishida chiqariladi, katta dozalarda qabul qilinganida – asosan o'zgarmagan holda chiqariladi. Axlat bilan ahamiyatsiz darajada chiqariladi. Gemodializ yordamida chiqariladi, ammo buyrak ekskresiyasiga nisbatan ancha sekin chiqariladi.

V6 vitamini– V6 vitaminining katta bo'lmagan kontsentrasiyalari jigarda va miokardda aniqlanadi, chunki u erda u to'planadi. V6 vitaminini katta qismi buyraklarda aniqlanadi. Yo'ldosh orqali o'tadi, ko'krak suti bilan ajralib chiqadi. T1/2 15-20 kunni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi, vena ichiga yuborilganida – 2% safro bilan chiqariladi, shuningdek gemodializ vaqtida ham ajralib chiqadi.

Nikotinamid – mushak ichiga yuborilganida nikotinamidtez va to'liq so'riladi. Barcha a'zo va to'qimalar bo'ylab etarli darajada bir tekis taqsimlanadi. Juda oz qismi buyraklar orqali o'zgarmagan holda chiqariladi.

D-pantenol yaxshi so'riladi va organ

Основные сведения

На сайте представлена информация, предназначенная для медицинских специалистов. Не принимайте никаких мер самостоятельно, поскольку это может привести к негативным последствиям. Обязательно проконсультируйтесь с квалифицированным врачом.

Другие формы выпуска НОВОГАММА раствор

Есть вопрос по продукту?

Оставить вопрос

Зарегистрирован ли препарат НОВОГАММА раствор в реестре препаратов Узбекистана?

Да, препарат зарегистирован в реестре препаратов Узбекистана.

НОВОГАММА раствор продается по рецепту?

НОВОГАММА раствор не является рецептурным препаратом.

Отзывы о препарате

Еще нет отзывов о препарате НОВОГАММА раствор. Ваш отзыв будет первым.

Аналоги НОВОГАММА раствор

Алфавитный указатель препаратов


×
×
Информация, представленная на сайте, не может быть использована для
постановки диагноза, назначения лечения и не заменяет прием врача.
© 2019-2024 med24.uz. Все права защищены.